Ish qidirish saytlari. Internet orqali ish topish!

Yangi asrda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlana boshladi. Bizning mamlakatimizga bu soxadagi yangiliklar ancha kechikib kirib kelmoqda. Masalan bizda plastik kartalari, onlayn to’lovlar va shunga o’xshash innovatsiyalar faqat yaqindagina ommalashdi. Rivojlangan davlatlarda esa bunday qulayliklar o’tgan asrning o’zidayoq tarqalib bo’lgan edi. Shunday qulayliklardan biri ish qidirish saytlari O’zbekistonda ham rivojlanmoqda. Sizga ish kerak bo’lsa, hech ikkilanmay internet orqali o’ziga munosib ish topishingiz mumkin. Ushbu maqolada ish qidirish saytlaridan bir nechtasini ko’rib chiqamiz.

Ish qidirish saytlari orqali kimlari o’ziga mos ish topishi mumkin?

Afsuski hozircha bunday saytlarning aksariyati vatanimizning faqat katta shaharlaridan ish taklifi qilishi mumkin. Bunga istisno sifatida mexnat.uz saytini keltirish mumkin, ushbu servis butun respublika bo’ylab ish o’rinlarini taklif qiladi. Bugungi kunda  bo’sh ish o’rinlariga ehtiyoj juda ham katta, shunga yarasha takliflar ham ko’p. Maxsus saytlar orqali, deyarli hamma o’ziga ish topishi mumkin. U oddiy qora ishchi, xizmat ko’rsatish sohasi hodimi yoki yuqori malakali mutaxassis bo’ladimi ko’plab takliflar ichidan o’ziga munosibini topishi mumkin. Kuzatishimiz bo’yicha hozirda Toshkent shahrida, ayniqsa komputer dasturlari yoki telefon orqali va ko’chada (turli yumushlar, mijozlarni jalb qilish va h. k.) erkin ishlovchi yoshlarga talab katta. Xisobchilar, mijozlar va turli loyihalar bilan ishlovchi menedjerlar, komputer dasturchilariga bo’lgan ehtiyoj ish beruvchilar orasida yuqori. Hozirda mamlakatimizning katta shaharlarida quyidagi qobilyatlarga ega yoshlar ko’chada olmasligi aniq.
  • Word, Excel dasturi yuqori darajada bilish
  • Turli xil dasturlar ya’ni photoshop, 1C, 3D-MAX va shunga o’xshash grafik dasturlar
  • Yuqori darajada internetdan foydalanish qobilyati, saytlarni boshqara olish. CMS WordPress, Joomla va boshqalar
  • Til bilish, eng muhimi rus va ingliz tillari
  • Na’munali yozma va og’zaki nutq
Bu degani internetda faqat yuqori malakali mutaxassislar, komputer savodxonlari ish topadi degani emas. Har qanday turdagi ish o’rinlarini e’lonlar ichidan topish mumkin. Quyida bir necha ish qidirish saytlari haqida ma’lumot to’plangan.

OLXda, e’lonlar bo’yicha ish qidirish

Birinchi navbatda OLX e’lonlari saytini ko’rib chiqamiz. Bu portal O’zbekistonning eng yirik saytlaridan bo’lib undagi e’lonlarning son-sanog’i yo’q. Dastlab OLX.uz saytiga kirib ish bo’limini tanlaymiz.
Olx.uz sayti ish qidirish
Topblog.uz
Keyin esa taklif qilingan bo’limlardan birini tanlash kerak bo’ladi.
Ish berish haqida e'lonlar
Keyin esa alohida bo’lim ichida turli xil qidiruv parametrlarini tanlash mumkin. Masalan qayerdan ish kerak, ish haqi qancha bo’lishi kerak, vaqtichi? Siz belgilagan shartlarga asoslanib sayt ish haqidagi e’lonlarni saralab ko’rsatadi.
Olx e'lonlarini saralash
Keyin esa saralangan e’lonlar ichidan moslarini tanlab, ish beruvchilar bilan bilan bog’lanish kerak bo’ladi.
Olx ish berish haqida e'lonlar
Kerakli e’lon egasi bilan bir necha yo’llar orqali bog’lanish mumkin. Masalan OLX da xabar qoldirish mumkin, yoki rezyume jo’natish, telefon raqami bo’lsa qo’ng’iroq qilsa bo’ladi.
E'lon muallifi bilan bog'lanish

Mehnat vazirligi sayti ish.mehnat.uz

Bu resurs O’zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari sayti hisoblanadi. Bu saytning avzal tomoni butun mamlakat bo’ylab ish o’rinlarini taklif qilishidir. Undan tashqari bu yerda ish qidiruvchilar, ish beruvchilar o’zlari ularni topib kelishi uchun rezyumelarini qoldirishi ham mumkin. Saytga kirib qidiruvdan foydalanib, yoki ish topish tugmasini bosib mos ish o’rinlarini ko’rib chiqish mumkin. ish.mehnat.uz sayti Ushbu resursda ish o’rinlarini viloyatlar, tuman va shahar kesimida, undan tashqari soha, maosh hajmi bo’yicha saralash imkoni bor. Mehnat.uz sayti bo'sh ish o'rinlari

Boshqa ish qidirish saytlari

Hozirgi kunda global tarmoqda, ish kerak bo’lgan kishilarga yordam berishga ixtisoslashgan saytlar sanoqsiz. Hammasi ham yuqoridagi resurslarga o’xshab ishlaydi. Ulardan foydalalanish murakkab emas. Mana ulardan ba’zilari: IShkop.uz sayti Xulosa qilib aytganda, hozirda global tarmoq insonlarga juda katta imkoniyatlar bermoqda, ulardan foydalanish zarur. Uydan chiqmasdan qisqa vaqt ichida juda ko’p ish beruvchilar bilan tanishish, suhbatlashish imkoni bor. Savollaringiz bo’lsa, iltimos sharhlarda qoldiring, javob berishga harakat qilamiz.  

Добавить комментарий